Shukrullo domla ishdan boʻshatildi
Xalq ichida “Shukrullo domla” nomi bilan tanilgan Shukrullo Egamberdiyevga hayfsan intizomiy jazosi berilgan va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etilgan.

16 may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi tomonidan “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari muhokama qilingan.
Yigʻilishda imom-xatibning eʼtirozlarga sabab boʻlgan chiqishlari va fikr-mulohazalari imomlik maqomiga toʻgʻri kelmasligiga aytilgan. Sh.Egamberdiyev majlisda muhokamaga sabab boʻlgan chiqishlarida xatoga yoʻl qoʻyganini tan olib, uzr soʻragan. Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligini bildirgan.