platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonga yana sanksiyalar xavf solmoqda

Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan tovarlarni Rossiya orqali tranzit qilish muhokama qilinmoqda, degan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen matbuot anjumanida.

Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Moskvaga sanksiyalarni aylanib oʻtishda yordam qilishda gumonlanayotgan davlatlarga eksportlar ham cheklanishi mumkinligi taʼkidlab oʻtgan.

Oʻtgan hafta Financial Times gazetasi Yevropadan Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonga yetkazilishi moʻljallangan jami 1 mlrd yevrolik tovarlar Rossiya orqali tranzit qilish jarayonida yoʻqolib qolgani haqida maqola eʼlon qilgan edi.

Nashrning maʼlum qilishicha, Ukrainada urush boshlanganidan buyon boshqa davlatlarga Rossiya hududi orqali yetkazilayotgan tovarlarning deyarli yarmi yoʻqolib qolmoqda.

Ekspertlarning bildirishicha, 2022 yilda Yevropa Ittifoqidan MDH davlatlariga eksport hajmi nihoyatda oshib ketgan.

Ayniqsa, sanksiyalar sababli Rossiyaga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarning ulushi koʻpaygan. Bunday tovarlarning Yevroittifoqdan Belarus, Armaniston, Qozogʻiston, Gurjiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga eksporti 2022 yilning martidan noyabrigacha qariyb ikki barobarga oʻsgan. Demak, MDH davlatlariga hajmi oshgan eksport mahsulotlarining katta qismi Rossiyaga yoʻnaltirilmoqda, degan xulosaga kelish mumkin.

Financial Times fikricha, bu tuynukni yopish oson boʻlmaydi. Biroq, Yevropa Ittifoqi bu vazifani uddalashga sanksiyalarning 11-paketi doirasida urinib koʻrmoqchi.
Avvalroq Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab oʻtishning oldini olish uchun Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga eksportga cheklovlar joriy etishni taklif qilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid