Olmaliqda 19 yoshli haydovchi 2 nafar maktab oʻquvchisini urib yubordi

Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Jamiyat
15-may 2023 yil
Olmaliqda 19 yoshli haydovchi 2 nafar maktab oʻquvchisini urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi maktab oʻquvchilarini avtomashina urib yuborgani haqida video tarqaldi.

Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, bugun, 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) «Damas» rusumli avtomashinada "Tinchlik" koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yoʻlni kesib oʻtayotgan 14 yoshli 2 nafar maktab oʻquvchisini urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olishgan va tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+