platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

Platina.uz jamoasi marhumaning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 81 yoshida vafot etdi.

Oydin Hojiyeva 1942 yili Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Boʻston qishlogʻida tugʻilgan. 1960 yili oʻrta maktabni, 1966 yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

Marhuma 1965-1976 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri, 1976-1985 yillar “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1985-1995 yillarda “Gulxan”, 1995 yildan esa “Saodat” jurnali bosh muharriri lavozimida mehnat qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid