Turkiya prezidenti kuch yigʻmoqda. U hamon saylovlarda gʻolib chiqishi mumkin
Ertaga Turkiyada prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi. Nomzodlar orasida favoritlar yoʻq. Har bir nomzod oʻziga xos ustun va kuchsiz jihatlarga ega. Hatto 20 yildan beri hokimiyat tepasida qolayotgan Erdoʻgʻon ham jiddiy sinovlar oldida turibdi.

Shunday sharoitda amaldagi Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdoʻgʻon siyosiy vaziyatni oʻz foydasiga oʻzgartirish uchun barcha davlat resurslarini safarbar qilmoqda.
Masalan, Erdoʻgʻon oʻzini yaxshi koʻrsatish uchun oxirgi bir yarim yil ichida eng kam ish haqi miqdorini 3 marta oshirib, davlat Gʻaznasidan foydalandi.
Uning siyosiy raqiblari davlat teleradioefirplarida deyarli koʻrinmaydi, lekin Erdoʻgʻonning chiqishlari toʻlaligacha translyatsiya qilinadi. Qolaversa, saylovlarni nazorat qiluvchi Saylov komissisi yaqinda bir shubhali bayonot berdiki, bu ham amaldagi prezident foydasiga talqin qilinishi mumkin.
Lekin shularga qaramasdan, Erdoʻgʻon baribir saylovlarda yutqazishi mumkin.
Yaqinda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning koʻrsatishicha, Erdoʻgʻon asosiy raqibi Kamol Qilichdoroʻgʻlidan siyosiy “poyga”da ancha orqada qolmoqda. Hatto Qilichdoroʻgʻli shu oy oxirida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan ikkinchi turga ham oʻtishi taxmin qilinmoqda. Chunki siyosiy raqiblarining fikricha, Erdoʻgʻonning hokimiyat tepasida qolishi uning avtokratik boshqaruvi hamda turklarni yanada kambagʻallikka botirayotgan doimiy yuqori inflyatsiya bois Turkiyani yanada kuchsizlantirishi mumkin.
"Saylovlar adolatsiz, lekin ular erkin oʻtadi, shuning uchun Turkiya oldida siyosiy oʻzgarishlar istiqboli turibdi», — deydi Istanbulning EDAM Tadqiqotlar guruhi direktori Sinan Ulgen. “Istiqbol mavjud va u hozirdanoq oʻzini bildirmoqda”, dedi Ulgen.
Gʻarb ekspertlarining aytishicha, Erdoʻgʻon sud tizimini oʻziga moyil mulozimlar bilan toʻldirgan va soʻz erkinligini cheklagan holda mamlakatdagi demokratik institutlarga putur yetkazdi. Uning asosiy siyosiy raqibi Qilichdoroʻgʻli esa saylovlarda gʻalaba qozonsa Turkiyada demokratiyani tiklashga vaʼda bergan.
Shunga qaramadsan, Erdoʻgʻonning saylanmay qolishi nafaqat Turkiyada, balki butun mintaqa va jahon siyosiy sahnasida global oʻzgarishlargp olib kelishi mumkin. Yaqinda Qilichdoroʻgʻlinnig Rossiyani Turkiyadagi saylovlarga aralashishda ayblab bayonot bergani va u prezidentlikka saylansa Rossiya bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishini aytganini unutmaylik. Kamol Qilichdoroʻgʻli, Erdoʻgʻondan farqli oʻlaroq, hatto Rossiyaga qarshi Gʻarb sanksiyalariga qoʻshilishva bu yoʻlda “pomidorlar eksporti va sayyohlik borasida” Rossiyaga bogʻliqlikdan voz kechishini ham yashirmagan. Turkiyadagi sayyohlarning aossiy qismi rossiyaliklar ekani va Turkiyaning Rossiyaga meva-savbzavot eksporti katta daromad keltirishi bois, bu jihatlar siyosiy dastak oʻlaroq ishga solinishi mumkinligi yaqin tarixda koʻp kuzatildi.
Agar Turkiya Rossiyaga qarshi siyosat yoʻnalishini tanlasa, Ozarbayjon-Armaniston mojorasida Turkiya-Rossiya maxfiy kelishuvlariga putur yetadi. Turkiya Ozarbayjonga yaqin ittifoqchi boʻlishdan voz kechishi ham Qilichdoroʻgʻli bayonotlarida aytilgan. Natijada bu mojaroda Armanistonga yon bosmay kelayotgan Rossiya hukumati ham oʻz fikrini oʻzgartirish mumkin.
Qolaversa, Suriya mojarosidagi kuchlar muvozanati ham buziladi. Turkiya Ukrainadagi urushdagi, xususan, Ukraina bugʻdoyini eksport qilish uchun xavfsiz dengiz koridori ochishdagi vositachilik rolidan ayriladi. Bu ham jahonda xalqaro siyosiy munosabatlar muvozanatiga putur yetkazishi va muvozanat tiklanguniga qadar katta kuch va resurslar sarf boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Lekin shu bilan birga, Turkiyadagi saylovlarni noxolis, deyish qiyin. Erdoʻgʻon va uning partiyasi shu paytgacha saylovlarda doim haqqoniy, hech qanday gʻirromliklarchsiz, raqiblariga bosim va kuch ishlatmasdan gʻalaba qozonib kelgan. Bu jihatlar inobatga olinsa, ertaga – 14 may kuni Turkiyada oʻtadigan saylovlar natijasi borasida intriga saqlanib qoladi.
Nima boʻlganda ham vaqt oliy hakam. Barchasi Turkiya xalqining siyosiy irodasiga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Barcha jang va tortishuvlar, taxmin va xavotirlar ertaga saylov qutilarida oʻz nihoyasiga yetadi.