Shavkat Mirziyoyev jahon chempionati final bahslarini kuzatgani bordi
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionati bahslarida oʻzbekistonlik ikki nafar bokschi final jangida ringga koʻtariladi.
Siyosat
13-may 2023 yil

Bugun, 13 may kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boks boʻyicha jahon chempionati oʻtayotgan “Humo Arena” sport majmuasiga bordi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston bokschilari ishtirokidagi final bahslarini kuzatadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Asadov eʼlon qilgan videoda Prezidentning yonida uning oʻgʻli Alisher, Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovlarni koʻrish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev final bahsida gʻalaba qozonib, dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritgandi.