Rufat Risqiyevga umrini oxirigacha har oy ming dollar maosh beriladi
"Toshkent yoʻlbarsi" nomi bilan tanilgan Rufat Risqiyev 1974 yilda ilk bor oʻtkazilgan Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.
Sport
13-may 2023 yil

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov oʻzbek boksi afsonasi, birinchi jahon chempioni Rufat Risqiyev bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda Rufat Risqiyevga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) umrbod moddiy yordam beradigan boʻldi. Sobiq chempion har oy ming dollar miqdorida maosh olishi belgilandi.
13 may kuni IBA prezidenti Umar Kremlyov Toshkentda 73 yoshli bokschi bilan uchrashish uchun shifoxonaga bordi va unga 10 ming dollar pul mukofoti, chempionlik kamari bilan birgalikda "Gʻalabaga boʻlgan iroda" mukofotini topshirgan.