platina.uz
Jahon

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon garov evaziga qamoqdan chiqarildi

Kecha Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonni garov evaziga 2 hafta muddatga qamoqdan ozod qilish haqida qaror chiqardi, deya maʼlum qilgan Xonning advokati.  

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon garov evaziga qamoqdan chiqarildi

Oʻtgan hafta sobiq bosh vazir yer bilan bogʻliq firibgarliklarga aloqador deb topilib, qamoqqa olingandi. Natijada hukmdan norozi aholi namoyishlarga chiqqan, harbiylar bilan toʻqnashuv natijasida bir kishi halok boʻlgandi.

Imron Xon sud zalidan chiqqach, qattiq xavfsizlik choralari koʻrilgan sharoitda oʻzining tugʻilgan shahri Lahorga yoʻl olgan. U "harbiylar chiqishimga ruxsat berishmayapti" deb, bir necha soat uydan chiqmay oʻtirgan.

Bir kun avval Pokiston Oliy sudi Imron Xonning qamoqqa olinishini "haqiqiy emas va noqonuniy" deb topgandi.

Xonning qamoqqa olinishi 220 million aholisi bor mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz, misli koʻrilmagan inflyatsiya, iqtisodiyotning sustlashuvi va Xalqaro valyuta fondining moliyaviy yordami toʻxtab qolgan davrga toʻgʻri keldi.

Xon Oliy sudning qaroridan qoniqqanini va sud tizimi Pokistondagi "changalzor qonunlari"dan himoya qila oluvchi yagona omil ekanini aytgan. "Aytishim joizki, sud tizimimiz shunday yoʻl tutishini kutgandim. Chunki endi yagona umidimiz- "banan respublikasi" va demokratiya oʻrtasidagi nozik chegara boʻlmish sud tizimidan", degan Imron Xon sud zalida jurnalistlarga bergan intervyusida.

Shu bilan birga Imron Xon mamlakat xavfsizlik kuchlari unga qarshi ekaniga ishonmasligini, biroq armiya qoʻmondoni Pokistonda oʻta kuchli qudratga ekanini bildirgan.

"Bu mamlakatda (Pokistonda) hamma narsani bir kishi hal qiladi. Bu xavfsizlik idorasi emas, barlki armiya qoʻmondonidir" degan Xon.

Ayrimlar Xonni harbiylar hokimiyatga keltirganini daʼvo qilishadi. Ammo buni Xon ham, harbiylar ham inkor etishgan.

Lekin keyinchalik Xon generallar bilan kelishmay qolgan. Hatto Xon oʻtgan yili harbiylarni uni hokimiyatdan agʻdarishda urinishda ayblagandi. Shundan beri u amaldagi armiya bosh qoʻmondoni, general Asim Munirni ochiqchasiga tanqid qilib keladi.

Muqaddam kriket qahramoni boʻlgan va keyinchalik siyosatchiga aylangan 70 yashar Imron Xon 2022 yil aprel oyida parlament ishonchsizligi votumi natijasida bosh vazir lavozimidan tushirilgandi. Lekin shunga qaramasdan, ijtimoiy soʻrovlarga koʻra, Imron Xonhamon Pokistonda eng mashhur yetakchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid