Jidda shahrida Islom taraqqiyot bankining 46 yillik anjumani boʻlib oʻtdi
Anjuman doirasida AT "Aloqabank" hamda Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi va Xalqaro savdo-moliya Islom korporatsiyalari vakillari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Anjuman doirasida AT “Aloqabank” hamda Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi va Xalqaro savdo-moliya Islom korporatsiyalari vakillari oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida mavjud va birgalikda amalga oshiraladigan yangi hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha muzokara olib borildi.
Mazkur uchrashuv natijasida AT “Aloqabank” va Islom taraqqiyot banki korporatsiyalari oʻrtasida Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini qoʻllab quvvatlash, yashil moliyalash va energiya tejamkorligiga qaratilgan yangi loyihalarni moliyalashtirish kabi yangi hamkorlik yoʻnalishlarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, kelgusida yangi hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan, ishlab chiqarishni ham manfaatli moliyalash boʻyicha rejalar ham muhokama qilindi.
Reklama