platina.uz

Germaniya Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda - Der Spiegel

Germaniyaning Der Spiegel nashri hukumatdagi manbasiga tayanib maʼlum qilishicha, GFR Ukrainaga 20 ta Marder bronetransportyori va 30 ta Leopard 1 tanki, 18 ta gʻildirakli oʻziyurar gaubitsa, 4 ta IRIS-T-SLM havo mudofaa tizimi, 12 ta IRIS-T-SLS boshqariladigan raketalari bergan.

Jahon
13-may 2023 yil
Germaniya Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda - Der Spiegel

"Rasmiy ravishda 2,7 milliard yevro miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi 14 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlin va Axenga taklif qilingan tashrifi chogʻida eʼlon qilinishi mumkin", — deya qoʻshimcha qiladi Der Spiegel.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyi oxirida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga 80 ta Leopard tanklarini yetkazib berish 2023 yil oʻrtalarida boshlanishini maʼlum qilgan edi. Uning taʼkidlashicha, Germaniya hozirgacha Ukrainaga 18 ta Leopard 2A6 tanki hamda 40 ta Marder piyodalar jangovor mashinasi, shuningdek, ehtiyot qismlar hamda oʻq-dorilar topshirgan.

Germaniya hukumati 25 yanvar kuni Leopard 2 tanklarini Ukrainaga berish haqida qaror qabul qilgan edi. Maʼlum qilinishicha, GFR 2 ta tank bataloni tuzishga tayyor va birinchi bosqichda Berlin 14 tankdan iborat guruh joʻnatadi. GFRning bunday qadamidan soʻng Yevropaning boshqa davlatlari ham Ukrainaga oʻzlarida mavjud Leopard 2 tanklarini berish rejalari haqida maʼlum qilishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+