Qilichdoroʻgʻli Rossiyani Turkiyadagi saylovlarda aralashishda aybladi
Turkiyaning JXP partiyasi bosh kotibi va mamlakat prezidentligiga nomzod Kamol Qilichdoroʻgʻli Rossiyani Turkiyadagi saylovlarda aralashishda aybladi.

Qilichdoroʻgʻlining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi turk va rus tilida shu haqda yozilgan:
"Aziz rossiyalik doʻstlar, siz bu mamlakatda fosh etilgan montajlar, fitnalar, yolgʻon xabarlar va kecha eʼlon qilingan postlar ortida turibsiz. Doʻstligimiz 15 maydan keyin ham davom etishini istasangiz, qoʻlingizni Turkiya davlatidan uzoq tuting. Biz hamon hamkorlik va doʻstlik tarafdorimiz», deb yozgan Kamol Qilichdoroʻgʻli.
Qilichdoroʻgʻli 2023 yilning 14 may kuni boʻlib oʻtadigan Turkiya Prezidenti va Turkiya Oliy Millat Majlisi (parlamenti) deputatlari saylovi birlashgan muxolifat nomidan Turkiya prezidentligiga nomzodligini qoʻygan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq amaldagi Turkiya prezidenti Erdoʻgʻon muxolifatchilar terroristlar bilan til biriktirishdan ham tortinmayotganini, Yevropadagi ayrim davlatlar oʻzining prezidentlikdan ketkazib, uning asosiy raqibi Jumhuriyat Xalq partiyasi (JXP) raisi Kamol Qilichdoroʻgʻlining hokimiyat tepasiga kelishi uchun ochiqchasiga harakat qilayotganini taʼkidlagan edi. Shuningdek, Erdoʻgʻon muxolifat partiyalarining LGBT tarafdori ekani, oʻzi hokimiyatda ekan, bunday tuban ishlarga aslo izn bermasligini maʼlum qilgan.




