O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka koʻrsatishni qoʻllab-quvvatladi
Bugun, 12 may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda muddatidan ilgari oʻtadigan prezidentlik saylovida O‘zLiDePning ishtiroki va partiyaning navbatdagi Sʼezdida partiyadan koʻrsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilindi.
O‘zLiDeP Siyosiy kengashi aʼzolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatish masalasini navbatdagi partiya Sʼezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qoʻllab-quvvatladilar.