platina.uz
Davlat xaridlari

Namanganda noqonuniy tender aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan xalqaro aeroporti MChJ buyurtmachiligida “Kompleks tozalash (obodonlashtirish) xizmatini koʻrsatish” yuzasidan 2023 yil 2 may kuni oʻtkazilgan 1 mlrd 440,0 mln soʻmlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.

Namanganda noqonuniy tender aniqlandi

Xususan, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan.

Ushbu xaridda ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining ikki nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar boʻyicha davlat xaridi oʻtkazilgan kunning oʻzida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Agentlik taqdimnomasiga binoan Namangan xalqaro aeroporti MChJ tomonidan 3 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid