platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda sud boshqaruvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

Sudyalar oliy kengashi “Jizzaxda sud boshqaruvchisi pora bilan qoʻlga tushgan”iga aniqlik kiritdi.

Jizzaxda sud boshqaruvchisi pora bilan qoʻlga tushdi

Jizzaxda sud boshqaruvchisi pora bilan qoʻlga tushgani haqidagi xabar ayrim internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi turli kanallarda eʼlon qilinar ekan, asosiy eʼtibor va urgʻu sud organlariga berilmoqda. Shuningdek, ayrim jurnalist va blogerlar tomonidan mazkur holatga munosabat soʻralgan, Sudyalar oliy kengashiga murojaatlar ham boʻlmoqda.

Sudyalar oliy kengashi maʼlum qilishicha, sud boshqaruvchilari - sud tizimi vakillari degani emas, yanada ochiq aytilsa, ular sud xodimi hisoblanmaydi.

Qonunga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsiz deb, topilishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) tartib-taomillarini oʻtkazishga masʼul shaxs ham vakolatli organ tavsiyasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan tayinlanishi oʻz-oʻzidan maʼlum.

Sud boshqaruvchilarining sud xodimlari tarkibiga kirmasligining yana bir huquqiy asosiki, ularning huquq va majburiyatlari, vakolati va faoliyatiga doir boshqa masalalar “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun bilan emas, balki umuman boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, yaʼni “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 765-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solingan.

"Bayon etilganlardan kelib chiqib, ayrim ommaviy axborot vositalari va blogerlardan masala mohiyatini tushungan holda xabar tarqatish soʻraladi. Aks holda, bunday axborot notoʻgʻri talqinlarga, notoʻgʻri talqinlar esa jamoatchilikda yanglish tasavvurlar shakllanishi ehtimolini yuzaga keltiradiki, bu huquqiy tartiblarning teskari targʻibotidan boshqa narsa emas", deyiladi munosabatda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid