Jizzaxda bedarak yoʻqolgan bolaning murdasi kanaldan topildi
Marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Jamiyat
12-may 2023 yil

Ijtimoiy tarmoqda Jizzaxdagi kanaldan bedarak yoʻqolgan bolaning murdasi topilganligi haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura xabar berishicha, Baxmal tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. 5 yoshli farzandi A.A. 2023 yil 3 may kuni oʻynab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yoʻqolganligi haqida murojaat qilgan.
2023 yil 5 may kuni voyaga yetmagan A.A.ning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topilgan.
Marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Baxmal tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.