platina.uz
Sport

Chempionlar ligasi finali Istanbuldan boshqa shaharga koʻchirilishi mumkin

Chempionlar ligasi finali Istanbuldan Lissabonga koʻchirilishi mumkin. Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri shu haqda xabar bergan. UYeFA Turkiyada 14 may kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan prezidentlik va parlament saylovlari munosabati bilan tartibsizliklar yuzaga kelish ehtimolini inobatga olmoqchi. 

Chempionlar ligasi finali Istanbuldan boshqa shaharga koʻchirilishi mumkin

Daily Mail’ning yozishicha, UYeFA Portugaliya futbol federatsiyasiga finalni Lissabondagi "Eshtadio da Lush"da oʻtkazish imkoniyati boʻyicha norasmiy soʻrov yuborgan.

Chempionlar ligasi finaliga ikki haftadan kam vaqt qolgani bois, UYeFA kechroq qaror chiqarishga majbur. Lekin oʻtgan hafta UYeFA rahbariyatiga yaqin manba oʻyinni Turkiyadan boshqa joyga koʻchirish rejalashtirilmayotganini maʼlum qilgandi.

Chempionlar ligasi finali avval ham koronavirus pandemiyasi sababli ikki marta - 2020 va 2021 yillarda Istanbuldan boshqa shaharga koʻchirilgan edi.

Reja boʻyicha 2023 yilgi Chempionlar ligasi finali 10 iyunda Istanbuldagi "Otaturk" nomidagi Olimpiya stadionida boʻlib oʻtishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid