Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

“Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Jamiyat
12-may 2023 yil
Ayrim transportlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi vaqtincha talab etilmaydi

Qarorga koʻra, quyidagilarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab 2024 yil 1 yanvargacha toʻxtatib turiladi: 

  • eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalarini;
  • shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni.

Bunda, ushbu transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur.

Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga kiritildi (ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turi hisoblangan).

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+