Poytaxt uchun 4,2 trillion soʻm, har bir viloyatga esa 10 milliard soʻmdan ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda yoz oylarida elektr tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash, yuklama oshib ketishi natijasida ularning ishdan chiqishini oldini olish choralarini oʻz vaqtida koʻrib borish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Prezident topshirigʻiga koʻra, past kuchlanishli 30 ming kilometr elektr tarmogʻi va 10 mingta transformatorni mukammal taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi shart.
“Bu borada mart oyida Toshkent shahrida elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha alohida dastur qabul qilinib, bunga 4,2 trillion soʻm ajratildi. Unga muvofiq 900 kilometr elektr tarmoqlari, 230 ta transformatorni yangilash va rekonstruksiya qilish, 5 ta yangi podstansiya qurish reja qilingan” dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlum qilinishicha, viloyatlar hokimlari esa elektr uskunalari va materiallari zaxirasi uchun ehtiyojlarni hisob-kitob qilib, har bir viloyatda 10 milliard soʻmdan mablagʻ ajratadi.