JCh-2023. Oʻzbekistonlik bokschilarning yarim finaldagi raqiblari maʼlum boʻldi
Ertaga 9 nafar bokschi finalga chiqish uchun ringga koʻtariladi.
Sport
11-may 2023 yil

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqaning yarim finalida oʻzbekistonlik bokschilarga kimlar raqiblik qilishi maʼlum boʻldi.
- -51 kg: Hasanboy Doʻstmatov– Molina Salvador (Ispaniya);
- -54 kg: Oybek Joʻrayev – Dmitriy Dvali (Rossiya);
- -57 kg: Abdumalik Halokov – Munarbek Seyitbek Uulu (Qirgʻiziston);
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Hovhannes Bachkov (Armaniston);
- -67 kg: Aʼloxon Moʻydinxoʻjayev – Battumur Misheyelt (Moʻgʻuliston);
- -71 kg: Saidjamshid Jaʼfarov – Vanderson De-Oliveyra (Braziliya);
- -75 kg: Aʼloxon Abdullayev – Vanderley Pereyra (Braziliya);
- -92 kg: Lazizbek Mullajonov – Muslim Gajimagomedov (Rossiya);
- +92 kg: Bahodir Jalolov – Gadfa Drissi (Ispaniya).
Maʼlumot uchun, yarim final bellashuvlari 12 may, juma kuni oʻtkaziladi.