Aholi davlatga sotgan elektr energiyasi uchun 1 ming soʻmdan toʻlovni qanday oladi?
Oʻzbekistonda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming soʻmdan toʻlanishi eʼlon qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va tadbirkorlar davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun toʻlovni "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, olishlari mumkinligini maʼlum qildi.
Shuningdek, Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish boʻyicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:
- Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit toʻlovlarining 4 foizi qoplab beriladi;
- xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, soʻmda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi.
Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, "yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi.
1 iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi.
Ushbu tizim 1 oktabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.