Yongʻin holati boʻyicha jinoyat ishi ochildi

Hodisa shaxobchadagi “MAN” rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zahira sigʻimiga boʻshatish jaryonida texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilingandi. Samarqand viloyati IIB ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Jamiyat
10-may 2023 yil
Yongʻin holati boʻyicha jinoyat ishi ochildi

Paxtachi tumanida sodir boʻlgan yongʻin holati yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sudga oid tibbiyot, yongʻin-texnika va sudga oid baholash ekspertizalari tayinlangan.

Avval xabar qilganimizdek, 9 may kuni soat 21:25 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Yangiobod” MFYda joylashgan aholiga suyultirilgan gaz quyish shaxobchasi hududida yongʻin portlash sodir boʻlgan va yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan ikki yarim soat ichida bartaraf etilgan.
 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+