Bugundan ish haqlari oshiriladi
Yurtimizda bugundan kuchga kiradigan yangi qonunchilikdagi yangi tartiblar.
Jamiyat
1-may 2023 yil

Bugundan oʻzbekistonliklar hayotida nimalar oʻzgaradi?
Quyida 1 maydan boshlab qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot beramiz.
- Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi;
- Respublikaning barcha shaharlarida imtiyozli transport kartalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
- Rahbar kadrlarni qayta tayyorlashda gender tenglik boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinadi;
- Yuridik shaxslar kommunal xizmatlar boʻyicha shartnomalarni elektron rasmiylashtirishi mumkin;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi;
- Shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotganlar bepul ovqat bilan taʼminlanadi;
- Davlat koʻchmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi;
- Koʻp qavatli uylar tomlarida quyosh panellari oʻrnatiladi;
- Rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi;
- Ayrim ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gazga ulanish uchun texnik shartlar berilishi toʻxtatiladi;
- “Zapravka”lar elektr isteʼmolining 50 foizi quyosh panellari orqali qoplanish talabi joriy etiladi
- Dorilar narxlari chakana referent narxlar bilan avtomatik solishtiriladi;
- Halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi.