Oʻzbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabov ogʻir xastalikdan keyin 74 yoshda vafot etdi.
Marhum Murod Rajabov 1971 yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan.
Maʼlumot uchun, Murod Rajabov kinodagi ilk rolini 1973 yilda boshlagan. "Temir xotin", "Ulfatlar", "Super kelinchak" kabi 50 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.