platina.uz
Jamiyat

Akmal Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Ayni vaqtda Guliston shahrida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Akmal Maxmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Guliston shahrida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Prezident Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Maxmudaliyev nomzodini tavsiya etdi.

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

Yigʻilish davomida viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tumanlar hokimlarining rejalari tinglandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid