Toshkentda ikki ayol oʻz farzandlarini sotayotganda ushlandi

Hozirda holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
4-aprel 2023 yil
Toshkentda ikki ayol oʻz farzandlarini sotayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahrida oʻgʻil va qiz farzandini sotmoqchi boʻlgan ikki nafar ayolni qoʻlga oldi. Bu haqda “Uzreport” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan 36 yoshli ayol joriy yilning 3 fevral kuni tugʻilgan oʻgʻil farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol joriy yilning 3 fevral kuni tugʻilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11500 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+