Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrugʻi bilan Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi etib tayinlandi.
Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich 1979 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
Shu vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbari mansab vakolatini suiisteʼmol qilganligi sabab qamoqqa olinganini maʼlum qilgandik.