6 aprel kuni Senatda muhim qonunlar va bir qator masalalar muhokama qilinadi

Oliy Majlis Senatining oʻttiz toʻqqizinchi yalpi majlisini 2023 yilning 6 aprel kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Jamiyat
4-aprel 2023 yil
6 aprel kuni Senatda muhim qonunlar va bir qator masalalar muhokama qilinadi

Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi. Mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Xususan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va  qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Nur-Sulton, 2021 yil 6 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022 yil 21 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+