Yangi Mehnat kodeksi kuchga kirdi
2022 yilning 22 oktabrida Prezident imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan bugundan yangi Mehnat kodeksi kuchga kiradi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, jumladan:
- Mehnat shartnomasida xodimni kamsitadigan shartlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
- Mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanadi.
- Ishdan boʻshatish nafaqasi 200 foizgacha toʻlanadi.
- Dam olish kuni bayram kuniga toʻgʻri kelsa keyingi kunga koʻchiriladi.
- Ish beruvchining xodimdan mehnat shartnomasida shartlashilmagan ishni talab qilishi taqiqlanadi.
- Xodim har xil malaka talab etiladigan ishlarni bajarganda unga yuqori malaka boʻyicha haq toʻlanadi.
- Yillik asosiy taʼtil muddati 21 kalendar kun etib belgilanadi.
- Ayollarga homilani antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar beriladi.
- Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda.
- Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar soʻraladi?
- Ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi mehnat shartnomasini oʻzgartirishga asos boʻladi.
- Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi.