AI-92 markali avtobenzinining narxi 7500 soʻmdan ham arzonlashishi kutilyapti
Energetika vazirligi AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilishi bilan bogʻliq xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilgan masʼul xodimlarga tegishli choralar koʻrilishini bildirdi.
2023 yil 1 maydan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilishi bilan bogʻliq xabarlarga oydinlik kiritildi. Energetika vazirligi benzin narxi oshirilmasligini bildirdi.
Shuni taʼkidlash kerakki, “UNG petro” MChJ masʼul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilgan va bu holat boʻyicha ularga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
“Koʻrilayotgan choralar natijasida AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 soʻmdan ham arzonlashishi kutilmoqda”, deya maʼlum qildi vazirlik.
Telegramda kuzatib boring!