Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida tirbandlik kuzatilmoqda

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi "Gʻishtkoʻprik" bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda.
Bojxona qoʻmitasi bayonotiga koʻra, Qoʻmita bayonotiga koʻra, Oʻzbekistonning “Gʻishtkoʻprik”, “S.Najimov” va “Navoiy”, ️Qozogʻistonning “Kazыgurt”, “Atameken” va “Qaplanbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Natijada, aksariyat fuqarolar va yengil avtotransport vositalari haydovchilari "Gʻishtkoʻprik" chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda.
Hozirda mazkur yoʻnalishda “Yallama” (Oʻzbekiston) – “B.Konыsbayev” (Qozogʻiston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat koʻrsatmoqda.
Shuningdek, “Malik” (Oʻzbekiston) – “Sirdaryo” (Qozogʻiston), “Oqoltin” (Oʻzbekiston) – “Selinnыy” (Qozogʻiston) chegara oʻtkazish punktlari orqali esa kunning yorugʻ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.
"Gʻishtkoʻprik" (Oʻzbekiston) – “Jibek Yoʻli” (Qozogʻiston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinmoqda.