JSST roʻzadorlarni ayrim ovqatlardan voz kechib turishini tavsiya qildi

Shuningdek, Ramazon oyida qanday mahsulotlardan foydalanish boʻyicha maslahat berildi.
Jamiyat
3-aprel 2023 yil
JSST roʻzadorlarni ayrim ovqatlardan voz kechib turishini tavsiya qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham oʻz ichiga oladi. 

Jumladan:

Yogʻli mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli goʻsht, qatlamali, yogʻ/margarin yoki sariyogʻ qoʻshilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish kerak.

Masalliqlarni qovurish oʻrniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bugʻda, sousda pishirish, kam miqdordagi yogʻda qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qoʻshilgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang.

  • Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan goʻsht;
  • baliq mahsulotlari,
  • zaytun mevasi, shoʻr bodring,
  • tuzli pishloqlar, gazaklar,
  • mayonez, ketchup va xantal qoʻshilgan salatlar,
  • souslar shular jumlasidandir.

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qoʻyish tavsiya etiladi.

Pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli oʻt va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+