Bosh prokuratura: “Toshkent viloyatida 3 prokuror pora uchun ishdan boʻshatilgan”

Maʼlum qilinishicha, viloyat prokuraturasi organlarida jami 303 nafar xodim xizmat qiladi. Joriy yilning oʻtgan davrida 6 nafar xodim pensiyaga chiqarilgan, 4 nafari oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ozod etilgan, korrupsiya bilan bogʻliq nojoʻya xatti-harakatlarni sodir etgan 3 nafar xodim prokuratura organlari tizimidan boʻshatilgan.
Aytilishicha, oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan va yuklatilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlay olmagan xodimlar belgilangan tartib asosida quyi lavozimga oʻtkazilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi A.Toshpoʻlatov xizmatda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun bosh prokurorning 2023 yil 1 apreldagi tegishli buyrugʻi bilan lavozimidan ozod etilgan.
Korrupsiya uchun ishdan haydalgan yana 2 nafar xodimning ismlari va jinoyatlari oshkor qilinmagan.