platina.uz

1 mlrd 577,5 mln soʻmlik davlat xaridida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi

Qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga soʻrovnoma kiritildi.

Davlat xaridlari
28-aprel 2023 yil
1 mlrd 577,5 mln soʻmlik davlat xaridida qonunchilikka zid holatlar aniqlandi

Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 2023 yil 19 aprel kuni oʻtkazilgan 1 mlrd 577,5 mln soʻmlik davlat xaridida Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunning:

  • 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
  • 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi);
  • 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlandi.

Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning hujjatlari xarid komissiyasining kotibi foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holat boʻyicha davlat xaridi oʻtkazilgan kunning oʻzida Agentlik tomonidan xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi hamda holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligiga soʻrovnoma kiritildi.

Agentlik taqdimnomasiga binoan Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 27 aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+