Surxondaryoda “qarzini bermagan” ayol “samosud” qilindi

“Bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayolni doʻpposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgan”i aytilayotgan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, holat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bogʻishamol mahallasi hududida sodir boʻlgan. Sariosiyo tumanida yashovchi 1991 y.t. D.S. Denov tumanida yashovchilar 2003 R.G. va X.N. ismli ayollar oʻrtalarida avvaldan mavjud boʻlgan nizolari yuzasidan, oʻzaro janjallashib, D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazishgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.