Samarqand hokimiga yangi oʻrinbosarlar, Pastdargʻom tumaniga esa yangi hokim tayinlandi

Abilov Feruz Neʼmatullayevich Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Xudayberdiyev Shunqor Farmonovich esa Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi sessiyasida deputatlar tomonidan Murotqobilov Vahobjon Abdugʻaniyevich nomzodi Pastdargʻom tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun:
Feruz Neʼmatullayevich Abilov 1978 yilda Narpay tumanida tugʻilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shunqor Farmonovich Xudayberdiyev 1971 yilda Pastdargʻom tumanida tugʻilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Vahobjon Abdugʻaniyevich Murotqobilov esa 1974 yilda Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanida tugʻilgan. Mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshligʻi, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.