Bosh prokuratura: “Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan”

Bosh prokuraturaning aniqlashicha, 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli oʻrta taʼlim maktabining direktor xonasida oʻtkazilayotgan yigʻilishda 34 yoshli erkak (oʻqituvchi) ikki nafar ayol oʻqituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Maktab va maktabgacha taʼlim vaziri Hilola Umarova bu holatdan dahshatga tushganini bildirdi.
“Ziyolilar qatlamida bunday holatlar kuzatilishi achinarli. Qoʻl koʻtargan erkak ustoz huquq organlari tomonidan nazoratga olingan va jazosiz qolmaydi. Ikki nafar ayollarimiz esa hozirda shifoxonada va shaxsan oʻzimning nazoratimda” deya jonli efirga chiqib tezkor munosabat bildirdi vazir.