Ramazon hayitida oʻzbekistonliklar necha kun dam oladi?
Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin.
Jamiyat
17-aprel 2023 yil

Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
- 22-aprel —shanba;
- 23-aprel — yakshanba;
- 24-aprel — dushanba (koʻchirilgan dam olish).
Yaʼni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni boʻladi.
Agar 22 aprel — shanba Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida Oʻzbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.