Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Jamiyat
14-aprel 2023 yil
Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

Qarorga koʻra, 2023 yil 15 apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

  • milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari mavjud boʻlmagan taqdirda ariza beruvchilar oʻzlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;
  • milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish boʻyicha arizalar ariza beruvchilarning YaIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;
  • yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

2023 yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bogʻlangan holda raqamlashtiriladi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+