Bir odamga tegishli 2 ta MChJ bitta davlat xaridini yutib oldi
Bu boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring oʻtkazgan.
Xususan, ushbu davlat xaridida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 23-moddasi (Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) va 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) talablariga amal qilinmagan.
Yaʼni davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MChJning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekanligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa-da, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqargani oʻrganilmagan hamda holat boʻyicha tanlovni oʻtkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari koʻrilmagan.
Mazkur holatlar boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi. Natijada xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.