Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishdan olindi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident topshirigʻiga asosan lavozimidan ozod etildi.
Platina.uz manbasiga koʻra, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birga barcha viloyat rahbarlari prezident topshirigʻiga binoan chaqirtirilgan, viloyat hokimi guvohnomasi olingan.
Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi boshligʻi Dilshod Karimov Abdumalikovich tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Dilshod Karimov 1980 yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan boʻlib, 2005 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.
U Islom Karimov davridan beri ishdan olinmayotgan hokimlardan biri edi. 2013 yilda viloyat hokimi etib tayinlangandi.
Shuhrat Abdurahmonov 2020 yil 13 yanvar kuni boʻlib oʻtgan barcha siyosiy partiyalardan Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashiga saylangan deputatlarning birinchi sessiyasida Andijon viloyati hokimi etib qaytadan saylangan edi.