Prezident ipoteka boʻyicha yangi farmonni imzoladi

Farmon bilan ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Jamiyat
13-aprel 2023 yil
Prezident ipoteka boʻyicha yangi farmonni imzoladi

Bugun, 13 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi

Unga koʻra, jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish maqsadi nazarda tutilgan.

Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

  • banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning toʻlov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi;
  • banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni koʻproq toʻlagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega;
  • subsidiyaga ajratilgan mablagʻlarni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi berildi.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+