platina.uz
Jahon

Alisher Usmonovga aloqador “Ohangaronsement” AQSh sanksiyasiga uchradi

Alisher Usmonovning USM xolding kompaniyasiga aloqador Akkermann Cement CA va u egalik qiladigan “Ohangaronsement” AJ AQSh hukumati sanksiyasiga uchradi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi maʼlum qildi.
Alisher Usmonovga aloqador “Ohangaronsement” AQSh sanksiyasiga uchradi

AQSh moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) yangi sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan Akkermann Cement CA bilan operatsiyalarni 11 iyulgacha tugatish talabini qoʻydi.

AQSh hukumatining yangi sanksiyalar paketidan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga qarashli USM holdingi hamda uning tarkibidagi "Metalloinvest", "Megafon" kompaniyalariga qarshi cheklovlar ham joy olgan.

2021 yil may oyida Kiprning Lamanka Enterprises kompaniyasi "Ohangaronsement" zavodi ustav kapitalidagi 84,197 foiz ulushni sotib olgan, bitim summasi 557,6 milliard soʻmga baholangan edi. 2022 yil yanvar oyida Britaniya Virjiniya orollarining Giacinttar va Lamanka Enterprises kompaniyalari "Ohangaronsement"dagi ulushlarini 1,88 trillion soʻmga sotgan. Keyinchalik xaridor Akkermann Cement CA ekani maʼlum boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid