Eshakning qulogʻini kesib, oʻlimiga sabab boʻlgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlgan Buxoro viloyatida eshakning oʻlimiga aybdor fuqaroga hukm oʻqildi.
Jamiyat
11-aprel 2023 yil
2023 yil 11 aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Kogon shahar sudida U. Allayev (1985 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, ishsiz)ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilib, huquqbuzarni 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olish belgilandi.
Oliy sud birinchi instansiya sudining qarordan norozi tomonlar belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati, prokuror esa protest keltirishi mumkinligini eslatib oʻtdi.