Aktivist asoschisi hozir qayerda?
Audioga koʻra, xalq tilida "Panelniy" deb ataluvchi muassasadan Nosirovni Toshkent shahar IIBBga olib ketishgan, ammo sababi keltirilmagan.
Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi bilan aloqaga chiqdik va Hojiakbar Nosirov qayerdaligi bilan qiziqdik.
IIV matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning aytishicha, u jazo muddatini oʻtamoqda va qoidaga koʻra, jazoni oʻtayotgan shaxsni Toshkent shahar IIBBga olib borish mumkin.
Advokati bilan uchrashtirmayotgani haqidagi soʻrovimizga quyidagicha javob oldik: "Uchrashuvlarning tartibi bor, toʻsqinlik boʻlsa, shikoyat qilishi ham mumkin".
Nosirov diniy adovat qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan kontent yaratishda ayblanib, 15 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qilingandi.