Toshkentda futbolga 871 mln soʻm ajratildi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining xatiga muvofiq Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvali xarajatlari uchun 871 mln soʻm ajratilgan.
Pullar aynan qanday maqsadga ishlatilishi ochiqlanmagan. Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2023 yil davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari hisobidan oʻtkazilishi belgilangan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 12 iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va tumanda jamoatchilik vakillari murojaat xatiga asosan Toshkent shahar hokimligining “Maʼrifiy targʻibot markazi" davlat muassasasining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, moddiy texnika bazasini yaxshilash xarajatlari uchun 872,4 mln. soʻm ham ajratilgan.