platina.uz
Jamiyat

Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan ota-onalar, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalar

2022 yilning yana bir ayanchli statistikasi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini kamsituvchi 29 ta holat yuzasidan tegishli nazorat oʻrnatilgani maʼlum qilindi.
Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan ota-onalar, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalar

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisining 2022 yilda amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborotiga koʻra, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun 5 227 nafar ota-ona maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 2054 nafar bolaga hamda 1306 nafar ota-onaga yakka tartibda profilaktik ish olib borilishi belgilangan.

Oilalar va bolalar muassasalariga qarovsiz va nazoratsiz qolgan 11 162 nafar bola joylashtirilgan.

Shuningdek, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilgani, bolalarni tarbiyalashdan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bosh tortgani uchun 652 nafar bolaning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini kamsituvchi 29 ta holat yuzasidan tegishli nazorat oʻrnatilgan.

Oʻz vaqtida tugʻilganlik guvohnomasini olmagan 412 nafar bolaga guvohnoma berilgan. Bundan tashqari, 528 nafar bola guvohnoma olmagani aniqlanib, bu borada tegishli choralar koʻrilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun 2022 yilda 397 ta uy-joy xarid qilingan. Shu maqsadda Davlat byudjetidan 57 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha “Mehr daftari” tizimi yoʻlga qoʻyilib, “Mehr daftari” jamgʻarmasiga 86,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid