Prezident Qoraqalpogʻistonda
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 30 mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi.
Siyosat
30-mart 2023 yil

Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilanadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni koʻzdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm va Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurishi kutilayotgani haqida xabar qilgandik.