Indoneziya 2023 yilgi U-20 Jahon chempionati mezbonligidan mahrum boʻldi
FIFA qaroriga koʻra, Indoneziyadan 2023 yilgi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilmaydi.
Sport
30-mart 2023 yil

FIFA prezidenti Janni Infantino va Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) prezidenti Erik Tohir oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng, FIFA hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Indoneziyani 2023 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati 2023™ mezbonligidan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Maʼlum qilinishicha, yangi mezbon imkon qadar tezroq eʼlon qilinadi, turnir sanalari hozircha oʻzgarishsiz qolmoqda. Indoneziyaga qarshi potensial sanksiyalar haqida ham keyinroq eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi mazkur jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.