DXX xalq haqiga xiyonat qilib kelgan tadbirkor qilmishini fosh etdi

Holat yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
29-mart 2023 yil
DXX xalq haqiga xiyonat qilib kelgan tadbirkor qilmishini fosh etdi

Fargʻonada gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan korxona aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali va “Oʻzbekneftgazinspeksiya” Fargʻona viloyat boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Quvasoy shahrining Oʻrmiyon qishlogʻida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Jumladan, mahalliy xususiy korxona tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, yashirin ravishda tabiiy gazga ulanib, 3 ta xumdonda 72 ta yasama gaz yondirgichlar orqali ohak ishlab chiqarilgan.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan yilning iyun oydan joriy yilning mart oyiga qadar 18 mln. 314 ming m³ tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida davlat manfaatlariga 18 mlrd. 314 mln. soʻmlik zarar keltirilgan.

Holat yuzasidan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+