Yevrodavlatlar yana bir yil gaz tejashga qaror qildi

Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlar tabiiy gazdan foydalanishni 15 foizga koʻngilli ravishda qisqartirish kelishuvini yana 12 oyga uzaytirishga qaror qilishdi.
Jahon
28-mart 2023 yil
Yevrodavlatlar yana bir yil gaz tejashga qaror qildi

YeI kengashi masʼullarining aytishicha, bunday chora keyingi yil qishga zaxira tayyorlash uchun amalga oshirilgan. Shu tariqa yevropaliklar 2024 yil 31 martgacha oʻz xohishlari bilan odatiy gaz isteʼmolini 15 foizga qisqartiradi.

Rossiya - Ukraina urushi oqibatida 2022 yilda Yevropa ittifoqi ruslarga sanksiyalar qoʻllagan, bunga javoban Rossiya ularni gazdan uzib qoʻygandi. Chunki Yevropani gaz bilan Rossiya taʼminlab turardi.

Oʻsha paytda koʻpchilik mutaxassislar Yevropa endi qishda sovuq qotadi, muzlaydi, katta talafot bilan chiqadi, deya taʼmin qilgandi. Ammo unday boʻlmadi, YeI aholisi yana birlashib, oqilona va sabr bilan bahorga yetib kelishdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+